4-bosqich: Kunlik ishlar
Reja tasdiqlangach, Agro AI har kuni vazifalarni yangilab turadi. Bu jarayon history ma’lumotlari, ob-havo prognozlari, sensorlar va bozor ogohlantirishlari bilan oziqlanadi.
Foydalanuvchi nima qiladi?
- Bosh sahifada bugungi vazifalar ro‘yxatini ko‘radi: har birida vazifa nomi, nega kerakligi va taxminiy vaqt.
- Vazifa bajarilganda “Bajarildi” tugmasini bosadi, izoh qo‘shishi mumkin.
- Ob-havo keskin o‘zgarsa push/SMS orqali ogohlantirish oladi, ilova rejaning qayta moslanganini ko‘rsatadi.
- Hafta/oy ko‘rinishida kelajakdagi asosiy ishlarni tekshiradi.
- Zarur bo‘lsa, bo‘linma/sub-plot bo‘yicha filtr qiladi.
Tizimda nimalar bo‘ladi?
har tong :
-> weather API dan so'nggi prognoz olinadi
-> agar sensorlar mavjud bo'lsa, tuproq namligi/temperatura yangilanadi
-> market monitoringdan narx signallari tekshiriladi
-> plan_versiondagi timeline tegishli kun uchun filtrlanadi
-> history (oldingi bajarilgan vaqtlar) asosida bugungi vazifa ketma-ketligi optimallashtiriladi
-> agar resurs yetishmaslik ehtimoli aniqlansa, re-scheduling engine ishga tushadi
-> kritikal o'zgarish bo'lsa notification queue ga yuboriladi
foydalanuvchi vazifa tugatadi:
-> completion log + nota saqlanadi
-> real vaqt sarfi va resurs iste'moli oltin jadvalga yoziladi
-> model learning uchun flag qo'yiladi
Chuqur yondashuvlar
History bilan taqqoslash
- Tizim har kuni o‘tgan yillardagi shu bosqichdagi ishlar bilan taqqoslaydi. Agar odatda sug‘orish 3 soat bo‘lsa, lekin bugun 5 soat cho‘zilsa, AI “suv bosimi past bo‘lishi mumkin” degan maslahati chiqaradi.
Ob-havo triggerlari
- Prognozlarda keskin sovuq, issiq yoki kuchli shamol ko‘ringanda reja avtomatik yangilanadi: masalan, “Dorilashni ertaga o‘tkazing, bugun shamol kuchli”.
- Meteorologiya ma’lumotlari bilan birga NDVI yoki Sentinel tasvirlari ham qabul qilinadi. Agar NDVI keskin pasaysa, qo‘shimcha tekshiruv vazifasi qo‘shiladi.
Sub-plot monitoring
- Bo‘linmalarda sensorlar bo‘lsa, AI har bir qismga alohida vazifa chiqaradi. Agar bir qismda tuproq juda quruq bo‘lsa, “Faqat 2-bo‘limni sug‘oring” kabi aniq yo‘riq beradi.
Resurs va konfliktlarni avtomatik yechish
- Vazifalar, resurslar va ob-havo bitta grafikda solishtiriladi. Agar bir kunda suv nasosi ikkita dala uchun kerak bo‘lsa, tizim “Birinchi navbatda A dalani sug‘oring, B dalani kechqurun” deb taklif beradi.
Feedback loop
- Har bir “Bajarildi” yozuvi modelga qaytadi. Agar foydalanuvchi vazifani qisqartirib tashlasa yoki boshqa vaqtga sursa, kelajakdagi rejalarda shu odat hisobga olinadi.
Ulanadigan xizmatlar va xavflar
- Xizmatlar: Weather API (bir necha manba), sensor gateway, notification hub (push/SMS/USSD), calendar service, PlanVersion storage, Market Monitoring API.
- Xavflar: Ob-havo xatosi, sensor ishlamasligi, juda ko‘p ogohlantirish, offline rejim.
- Chora: Bir nechta ob-havo manbasini solishtirish, sensor health check, ogohlantirishni ustuvorlik bo‘yicha saralash, offline caching va keyin sinxronlash, qo‘lda “siljitish” uchun tezkor tugmalar.
