6-bosqich: Bozorni kuzatish
Agro AI orqa fonda bozor ma’lumotlarini yig‘ib, fermerga hosilni qachon sotish yoki kutish kerakligini ko‘rsatadi. Ma’lumotlar mahalliy bazarlar, davlat statistikasi, global commodity narxlari va Telegram guruhlaridan olinadi.
Foydalanuvchi nima qiladi?
- “Bozor” bo‘limiga kirib, hozirgi narxlar diagrammasi va AI prognoz kartasini ko‘radi.
- “2 haftada narx +12%” kabi yozuvlarni o‘qib, “Hozir sotish” yoki “Kutish” tavsiyasini oladi.
- “Narx 3000 dan o‘tsa ogohlantir” kabi threshold belgilaydi.
- Ogohlantirish kelganda reja yoki logistika vaqtini moslashtiradi.
- Bozor signalining ekin rejasiga ta’sirini ko‘rib chiqadi (masalan, yig‘imni oldinga surish).
Tizimda nimalar bo‘ladi?
har 4 soatda:
-> lokal bazar ma'lumotlari (Telegram postlar, marketplace API) o'qiladi
-> davlat statistikasi va commodity API laridan rasmiy ma'lumot olinadi
-> ma'lumotlar bir xil valyuta va birlikka keltiriladi
-> noise filtrlash, outlier tekshiruvi, manba reputatsiyasi bahosi qo'shiladi
-> vaqt qatori modeli (ARIMA/Prophet/ML) trend va ehtimoliy intervalni hisoblaydi
-> tarixiy narx, mavsum faktor va eksport/import yangiliklari ham qo'shiladi
-> SignalEngine "sot", "kut", "zam immediately" kabi tavsiyalarni belgilaydi
-> tavsiya PlanVersion va kunlik reja bilan bog'lanadi
-> ogohlantirish thresholdi past bo'lsa notification yuboriladi
Chuqur yondashuvlar
Mahalliy farqlar
- Har tuman/shaharda narx boshqa. Tizim foydalanuvchi lokatsiyasini inobatga olib, yaqin bazardagi narx va qo‘shimcha transport xarajatlarini ko‘rsatadi.
Logistika va saqlash
- AI narx o‘sishini kutish uchun mahsulotni qancha muddat saqlash kerakligini ham hisoblaydi. Agar saqlash xarajati kutilgan foydani yutsa, “tezroq sotish” tavsiya qilinadi.
Risk signallari
- Siyosiy yangiliklar, import/export qoidalari, yo‘llarning yopilishi kabi voqealar maxsus risk kanalidan olinib, tavsiya kartasida “Yuqori risk” belgisi bilan ko‘rsatiladi.
Ob-havo ta’siri
- Agar regionda kuchli yomg‘ir yoki sovuq kutilayotgan bo‘lsa, AI narxga ta’sirini ham ko‘rsatadi: “Sovuq tufayli kartoshka narxi 10% oshishi mumkin”.
Feedback
- Foydalanuvchi haqiqiy sotish narxini kiritgach, model natijani solishtiradi va keyingi prognozlar uchun o‘rganadi.
Ulanadigan xizmatlar va xavflar
- Xizmatlar: Telegram/marketplace scraping, davlat statistikasi API, commodity API, risk news feed, notification servisi, PlanVersion integratsiyasi.
- Xavflar: Ma’lumot bloklanishi yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, huquqiy cheklovlar, manipulyatsiya qilingan narxlar.
- Chora: Proksi va navbat bilan so‘rovlar, manbani ko‘rsatish, outlierlarni qo‘lda tasdiqlash, yirik ogohlantirishlar uchun human review, ogohlantirishdan oldin disclaimers.
