7-bosqich: Hosil va fikr
Reja yakunida Agro AI hosilga tayyorgarlik, yig‘im va fikr yig‘ish jarayonlarini boshqaradi. Ma’lumotlar keyingi mavsum uchun modelni o‘qitishda ishlatiladi.
Foydalanuvchi nima qiladi?
- Bosh sahifada reja “Hosilga tayyorgarlik” holatiga o‘tgani haqida ogohlantirish oladi.
- Bozor tavsiyasi asosida “Hozir yig‘ish” yoki “Kutish” variantini ko‘rib chiqadi.
- Logistika (ishchi, texnika, transport) rejasini tasdiqlaydi yoki tugatadi.
- Hosil yig‘ilgach, real miqdor, sifat darajasi (masalan, A/B) va sotilgan narxni kiritadi.
- “AI tavsiyasi foyda keltirdimi?” degan savolga javob berib, qo‘shimcha izoh yoki surat/hujjat yuklaydi.
Tizimda nimalar bo‘ladi?
plan monitoring:
-> ekin fenologiyasi va NDVI ko'rsatkichlari asosida pishish oynasi aniqlanadi
-> bozor prognozi va ob-havo (yomg'ir, sovuq) ma'lumotlari bilan taqqoslanadi
-> Harvest Recommendation Engine eng yaxshi sanani hisoblaydi
-> push/prompt orqali foydalanuvchiga tavsiya yuboriladi
foydalanuvchi hosil yozadi:
-> yield, quality, price va xarajatlar (logistika, saqlash) ma'lumoti kiritiladi
-> kutilgan natija bilan taqqoslanadi (profit delta, vaqt farqi)
-> feedback score + izoh ConversationHistory ga bog'lanadi
-> fotosurat/hujjat bo'lsa media storage ga yuklanadi
-> ModelUpdateQueue ga "new training data" flag jo'natiladi
Chuqur yondashuvlar
Ob-havo va bozor o‘zgarishlari
- Agar sovuq yoki yomg‘ir xavfi yuqori bo‘lsa, AI “keskin yig‘ish” rejimini taklif qiladi. Bozor narxi oshsa, ilgari surish yoki keyinga qoldirish bo‘yicha maslahat beradi.
Bir nechta hosil to‘plami
- Dala bo‘linmalari turlicha pishishi mumkin. Har sub-plot uchun alohida yig‘im jadvali tuziladi, so‘ng umumiy logistika bilan birlashtiriladi.
Logistika kuzatuvi
- Ishchi va texnika yetmay qolsa, tizim resurs konfliktini ko‘rsatadi. “2-traktor band, shuning uchun Lot B yig‘imi 1 kun surildi” degan avtomatik qayd yoziladi.
Feedback tahlili
- Foydalanuvchi to‘ldirgan har bir ma’lumot RecommendationHistory bilan bog‘lanadi va ML modelga yangi namuna sifatida qo‘shiladi. Agar ko‘p foydalanuvchi ma’lum tavsiyadan norozi bo‘lsa, model parametrlari qayta ko‘rib chiqiladi.
Audit va sertifikat
- Yig‘im yakunida foydalanuvchi PDF/Excel ko‘rinishida “Harvest Report” yuklab olishi mumkin. Bu hujjat davlat organlari yoki kredit institutlari uchun ishlatiladi.
Ulanadigan xizmatlar va xavflar
- Xizmatlar: Market monitoring, weather forecast, NDVI/satellite monitoring, logistics/ticket moduli, media storage, analytics warehouse, model registry.
- Xavflar: Noto‘g‘ri hosil kiritilishi, bozor tez o‘zgarishi, feedback yig‘ilmasligi, media upload yetishmasligi.
- Chora: Surat yoki hujjat bilan tasdiqlash, real-time narx yangilanishi, feedback uchun rag‘bat (ball/badge), offline rejimda ma’lumot to‘plash va keyin sync, model o‘zgarishi haqida audit log.
